O'zbekiston televideniyasi tarixida ilk marta Counter-Strike bo'yicha musobaqa jonli efirda ko'rsatiladi

Aslanov Jasurbek
17 apr 2020
CS GO muxlislari sevimli o'yinini endi televizorda tomosha qilishlari mumkin.

Bir necha kun oldin IT PARK Counter-Strike Global Offensive (CS:GO) o'yinlari bo'yicha 14 apreldan 30 aprelgacha kibersport musobaqasi o'tkazilishi e'lon qilingan edi. Bugun FIFA20 hamda CS:GO bo'yicha turnirning bahslari bo'lib o'tadi. Futbol TV bergan ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston televideniyasi tarixida ilk marotaba Counter-Strike bo'yicha musobaqa jonli efirda namoyish etiladi.

FUTBOL TV

17:00. Adrenaline Online Cyber Cup FIFA20 LIVE

18:00. Adrenaline Online Cyber Cup CS:GO LIVE

20:00. Adrenaline Online Cyber Cup FIFA20 LIVE


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia