O'zbekistonlik hakamlar ayollar o'rtasidagi U-17 Jahon chempionatida Ispaniya – Meksika uchrashuvini boshqarib borishadi

Sherzod Nurmatov
14 okt 2022
Hindistonda davom etayotgan 17 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi Jahon chempionatining “C” guruhidan o'rin olgan Ispaniya – Meksika bahsida o'zbekistonlik hakamlar ishlaydi.

Uchrashuvda Edita Mirabidova bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga yana bir vatandoshimiz Kristina Sereda yordamchi hakam sifatida ko'maklashadi.

Mazkur o'yin 15-oktyabr kuni soat 20:00 da start oladi.

Eslatib o'tamiz, Edita Mirabidovava va Kristina Sereda ilk turda "A" guruhidan joy egallagan Marokash – Braziliya (0:1) o'yinida faoliyat olib borgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати