O'zbekistonlik sobiq futbolchi Qozog'iston klubining yopilishiga munosabat bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
1 iyun 2020
Avvalroq, Pavlodarning “Irtish” klubi moliyaviy inqiroz sabab yopilgani haqida xabar qilingandi.

Bu haqda kecha QPFL ham rasmiy bayonot bilan chiqqan. Unda “Irtish” jamoasi moliyaviy va sport majburiyatlarini bajara olmasligi sabab Qozog'iston chempionatida ishtirok eta olmasligini ma'lum qilgan. Shunday qilib, pavlodarliklar chempionatning yangilangan taqvimidan chiqarib tashlandi. O'zbekistonlik sobiq futbolchi va hujumchi Kamoliddin Murzoev ushbu xabarga o'z munosabatini bildirdi.

“Eshitib shokka tushdim. “Irtish” Qozog'iston futboli tarixidagi eng yaxshi jamoalardan biri hisoblanadi. Bu juda ayanchli holatdir”,- deydi o'z instagram sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Kamoliddin Murzoev 2013 yilning ikkinchi yarmida mazkur jamoa sharafini himoya qilib, 10ta uchrashuvda 2ta gol urgandi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: instagram.com/kamol17