O'zbekistonda tug'ilgan futbolchi "Enisey"ga o'tishga yaqin

Alisher
21 iyul 2020
"Krasnodar" sobiq himoyachisi Nikolay Markov "Enisey" qarorgohiga yetib keldi.

Krasnoyarsk klubi o'tgan mavsumni "Krasnodar-2"da o'tkazgan 35 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Nikolay Markov 1 iyuldan beri erkin agent maqomida yuribdi.

Toshkentda tug'ilgan futbolchi bunga qadar "Traktor", "Rubin-2", "Metallurg" (Lipeck), "Luxovici", "Salyut-Energiya", "Krasnodar", "Ural" va "Kuban" jamoalari sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: matchtv.ru