

Hindistonda bo'lib o'tadigan 17 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi Jahon chempionatining "A" guruhidan o'rin olgan Marokash - Braziliya bahsida o'zbekistonlik hakamlar ishlaydi. Uchrashuvda Edita Mirabidova bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga yana bir vatandoshimiz Kristina Sereda yordamchi hakam sifatida ko'maklashadi.
Mazkur o'yin 11 oktyabr kuni soat 16:00 da start oladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Edita Mirobidovaga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo'limning 3-bandiga asosan takroriy past natija qayd etgani uchun Ayollar oliy ligasi uchrashuvlaridan 8 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanilgan edi.



