O'zbekiston yana nishonda! OFK biz haqimizda iliq fikrda

Xayrulla Xoliqov
26 dek 2019
OFK sayti Dubayda yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston U-23 terma jamoasi haqida iliq gaplarni yozdi.

Xususan uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib hammasida zafar quchgan futbolchilarni sayt xodimlari alohida ta'kidlab o'tishgan. 

"O'zbekiston yana nishonda! Bu jamoa U-23 Osiyo chempionatida amaldagi chempion sifatida ishtirok etadi" - deyiladi OFK xabarida. 

Eslatib o'tamiz, 8-26 yanvar kunlari Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi va musobaqa yakunida kuchli uchlikka kirgan jamoalar Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olishadi. 

O'zbekiston qita birinchiligidagi ilk uchrashuvni 9 yanvar kuni Eronga qarshi o'tkazadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com