O'zbekiston va Urugvay terma jamoalari qaysi liboslarda maydonga tushishi ma'lum

Tolibjon Qosimov
7 iyun 2018, 10:36
Xabaringiz bor, ertaga Toshkent vaqti bilan tonggi soat 04:00da O'zbekiston milliy terma jamoasi Montevideoda Urugvay terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.

Bugun terma jamoa rasmiylari ishtirokida miting bo'lib o'tdi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi. Unga ko'ra ertaga O'zbekiston millliy terma jamoasi oq rangli libosda maydonga tushadigan bo'ldi. Urugvay terma jamoasi a'zolari esa o'zlarining ananaviy ko'k rangli liboslarida harakat qilishadi.



Urugvay – O'zbekiston o'rtoqlik uchrashuvi O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Sport TV" hamda Rossiyaning "Match TV" telekanallarida jonli efirda namoyish qilinadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com