

17 iyun kuni Toshkentda yig'iladigan O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi 18 iyunga o'tar kechasi Toshkentdan Seul orqali Xitoyga yo'l oladi. Shuhrat Maqsudov boshchiligidagi yoshlar terma jamoasi Xitoyda bir hafta davomida yig'in o'tkazadi va yig'in davomida Xitoy U-22 yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik-nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur uchrashuvlar 21 va 23 iyun kunlari o'tkaziladi. Har ikkala uchrashuv ham Shanxay shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Takidlash lozim, U-22 yoshlar o'rtasidagi navbatdagi Osiyo Chempionati saralash bahslari 2015 yilning mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Takidlash lozim, U-22 yoshlar o'rtasidagi navbatdagi Osiyo Chempionati saralash bahslari 2015 yilning mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan.



