O'zbekiston U-20 terma jamoasi ustozi: "Penaltilardan foydalanishni ko'p marotaba mashq qilgandik"

Sherzod Nurmatov
24 fev 2025, 13:12
​O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov chorak final doirasidagi Koreya Respublikasi – O'zbekiston (3:3, penaltilar bo'yicha – 3:1) uchrashuvidan keyin fikrlarini bildirdi.

Mutaxassis mag'lubiyatga qaramay,  jamoasining turnirdagi umumiy ishtirokdan mamnunligini ta'kidladi.

"Yakunda natija bizning foydamizga hal bo'lmagan bo'lsa-da, futbolchilarim juda yaxshi o'yin ko'rsatdi.

Biz penaltilardan foydalanishni ko'p marotaba mashq qilgandik, lekin bazida futbol shunday, hammasi sen xohlaganingdek bo'lavermaydi.

O'yindan o'yinga kuchayib bordik. Agar bu o'yinda g'alaba qozonganimizda, balki yana chempion bo'lishimiz mumkin edi. Umuman olganda, men bu yerda o'tkazgan to'rtta o'yinimizdan juda mamnunman”, – dedi Nishonov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: the-afc.com