

Yig'in doirasida O'zbekiston yoshlar termasi 18 va 20 aprel kunlari serbiyalik tengdoshlariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.
Jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov Serbiyadagi yig'inga 18 nafar futbolchini taklif qildi.
Darvozabonlar: Qilichev Jahongir (“Bunyodkor”), Umidjon Ergashev (“Nasaf”);
Himoyachilar: Abubakr Mo'ydinov (“Bunyodkor”), Ibrohim Yo'ldoshev (“Paxtakor”), Rahmatilla Mirzaahmadov (“Cementchi”), Abdulaziz Yoqubov (“Andijon”), Dilshod Saidov (“Nasaf”);
Yarim himoyachilar: Kamron Saidazimov (“Paxatkor”), Suhrob Izzatov (“Bunyodkor”), Islom Kenjaboev (“Nasaf”), Boburjon Asqarov (“Paxtakor”), Abbosbek Jumaqulov (“Cementchi”), Georgiy Ahmedov (“Paxtakor”), Oston Urunov (“Paxtakor”), Rasul Yo'ldoshev (“Bunyodkor”), Xudoyorxon Sagdullaev (“Nasaf”);
Hujumchilar: Asadbek Sobirjonov (“Paxtakor”), Jahongir Abdusalomov (“Bunyodkor”).
Navbatdagi yig'in O'zbekiston U-19 terma jamoasining 2018 yili yoshlar o'rtasida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik rejasidan o'rin olgan. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.



