O'zbekiston U-19 terma jamoasi 22 iyun kuni Toshkentda yig'in boshlaydi

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2020
Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettiradi.

Yoshlar terma jamoamiz 22 iyundan 3 iyulga qadar poytaxtimizda yig'in o'tkazadi. Jamoa "Chig'atoy"da istiqomat qiladi va mashg'ulotlar TTYMI stadionida o'tkaziladi.

Tez orada ushbu yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 terma jamoasi oktyabr oyida mamlakatimizda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Bugun ushbu musobaqa final bosqichiga qur'a tashlandi. Unga ko'ra, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mezbon sifatida "A" guruhida Indoneziya, Kambodja va Eron bilan kuch sinashadigan bo'ldi.


Timur Kapadze: "Eron bilan ochilish uchrashuvi qiziqarli kechadi"         

U-19 Osiyo chempionati. O'zbekistonda bo'lib o'tadigan musobaqaning to'liq taqvimi         


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia