

Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi navbatdagi yig'inini Saudiya Arabistonida o'tkazadi. O'quv-mashg'ulot yig'inlari doirasida Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasiga qarshi ikki bor o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.
Saudiya Arakbistoni U-19 – O'zbekiston U-19 dastlabki uchrashuvi 28 aprel kuni o'tkazilsa, ikkinchi uchrashuv 30 aprel sanasiga mo'ljallangan. Har ikki uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:45da boshlanadi.
Ushbu o'rtoqlik uchrashuvlari Saudiya Arabiston qirolligining Al-Xobar shahrida bo'lib o'tadi.



