O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Vetnam bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
6 avg 2014
Vetnamning Xanoi shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi bugun Vetnam U-19 ayollar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib 0:0 hisobida durang o'ynadi.
Ayni damda Vyacheslav Soloxo murabbiylik qilayotgan O'zbekiston U-19 ayollar termasi Vetnamda 9 avgust kunigacha yig'in o'tkazadi. Mazkur yig'in davomida davomida O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi mezbon - Vetnam U-19 ayollar termasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan. Rejaga ko'ra, terma jamoalar o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv 8 avgust kuni o'tkaziladi.

Takidlash lozim, ushbu yig'in O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi uchun noyabr oyida bo'lib o'tadigan Osiyo Chempionati saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasining Vetnamdagi yig'inida ishtirok etayotgan futbolchilari ro'yxati:

Darvozabonlar: Tilovova Laylo, Jonimqulova Maftuna

Himoyachilar: Samandarova Fayeza, Bektemirova Dilnoza, Tojiddinova Shohida, Yusupova Madina, Boboxo'jaeva Feruza.

Yarim himoyachilar: Ermakova Anzilya, Shoyimova Maftuna, Zoirova Umida, Tosheva Shohida, Normurodova Sevara, Xusniddinova Soliha, Normurodoa Sitora.

Hujumchilar: Kudratova Nilyufar, Nozimova Dildora, Kulturaeva Shoira, Muydinova Nodira

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com