

Yig'inning ikkinchi qismi Turkiyada davom ettiriladi. O'smirlar terma jamoamiz Antaliyada turkiyalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadilar. Bahslar 26-28-noyabr kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Jamoani ushbu o'yinlarga istedodli yosh mutaxassis Farhod Nishonov bosh murabbiy sifatida tayyorlab boradi. Shuningdek, tajribali mutaxassis Rauf Inileev O'zbekiston U-18, U-17, U-15 va U-14 terma jamoalarida maslahatchi murabbiy sifatida faoliyatini davom ettiradi.
U-18 o'rtoqlik uchrashuvlari:
26-noyabr
Turkiya - O'zbekiston
28-noyabr
Turkiya - O'zbekiston



