O'zbekiston U-17 ustozi Islom Ismoilov: "Qur'adagi raqiblar biz uchun qaysidir manoda yangilik bo'ldi"

Iskandarov Abdulaziz
13 iyun 2024
Bir necha soat oldin 2025 yilgi U-17 Osiyo kubogi saralash bahslariga qur'a tashlandi.

Qur'a natijalariga ko'ra, o'smirlarimiz "E" guruhida Falastin, Iroq va Xitoy Taypeyi bilan kuch sinashadi. Biz bu borada O'zbekiston U-17 bosh murabbiyi Islom Ismoilovning fikrlarini tingladik. 

"Bu qur'ani 2 yildan beri kutayotgan edik. Mana shu vaqt ichida ko'plab raqiblar bilan to'qnash keldik. Lekin guruhimizdagi terma jamoalar bilan uchrashmaganmiz. Qaysidir manoda biz uchun yangilik. Hech qaysi raqibdan qo'rqmaymiz, hurmat qilamiz. Iroq, Falastin xarakterga ega jamoalar. Bor kuchimizni ishga solgan holda saralashda muvaffaqiyatli qatnashamiz va Osiyo kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritamiz. 

Tayyorgarlikka kelsak, qur'adan so'ng rejamizni qaytadan tuzib chiqamiz. Saralash bahslarigacha bir qancha raqiblar bilan o'ynashimiz kelishilgan. Raqiblardan kelib chiqib rejamizga o'zgartirish kiritamiz",- deydi Islom Ismoilov.

Keyingi yil o'tishi rejalashtirilgan o'smirlar Osiyo Chempionati saralashiga qur'a tashlandi - terma jamoamiz "E" guruhidan joy oldi


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia