O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi Ispaniyaga jo'nab ketdi

Narzulla Saydullayev
27 sen 2013
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 27 sentyabr kuni Marbelya shahridagi halqaro turnirda ishtirok etish uchun Ispaniyaga uchib ketdi.
Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 30 sentyabr - 4 oktyabr kunlari Ispaniyaning Marbelya shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro turnirda ishtirok etishi haqida avvalroq xabar bergan edik.

O'smirlar o'rtasidagi (U-17) jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 30 sentyabr - 4 oktyabr kunlari Ispaniyaning Marbelya shahri mezbonlik qiladigan U-17 o'smirlar terma jamoalari o'rtasidagi xalqaro turnirda ishtirok etadi. Mazkur musobaqada, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasidan tashqari Argentina, Kot d‘ Ivuar hamda Meksika o'smirlar (U-17) terma jamoalari qatnashadi.

Takidlash joiz, yuqorida nomlari keltirilgan terma jamoalarning barchasi shu yilning oktyabr oyida BAA mamlakatida start oladigan U-17 o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichi ishtirokchilari sanalishadi.

Ispaniyadagi xalqaro turnir Nuraliev shogirdlari uchun oktyabr oyida boshlanadigan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati bahslari oldidan so'nggi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi turnirdagi dastlabki uchrashuvida 30 sentyabr kuni Kot d‘ Ivuar o'smirlar terma jamoasiga qarshi to'p suradi. Nuraliev shogirdlari 2 oktyabr kuni Meksika o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'ynasa, turnirdagi so'nggi uchrashuvda 4 oktyabr kuni Argentina o'smirlari O'zbekistonga raqiblik qiladi.

U-17 o'smirlar o'rastidagi Xalqaro turnir.
30 sentyabr - 4 oktyabr. Marbelya, Ispaniya

30 sentyabr.
O'zbekiston (U-17) - Kot d'Ivuar (U-17)

2 oktyabr.
O'zbekiston (U-17) - Meksika (U-17)

4 oktyabr.
Argentina (U-17) - O'zbekiston (U-17)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com