O'zbekiston U-16 terma jamoasi “Qozog'iston prezidenti kubogi”da ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
23 avg 2017, 11:19
Shu yilning 4–8 sentyabr kunlari Qozog'istonning Talgar shahrida mamlakat prezidenti kubogi uchun xalqaro turnir bo'lib o'tadi.

O'ninchi bor tashkil etilayotgan ushbu musobaqada Qozog'iston, O'zbekiston, Rossiya, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Albaniya va Gruziya o'smirlar terma jamoalari ishtirok etadi.

Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamaosi qur'a natijasiga ko'ra “Kozog'iston prezidenti kubogi”ning “B” guruhidan o'rin olgan. Mazkur guruhdan, shuningdek, Qirg'iziston, Tojikiston va Rossiya o'smirlar jamoalari joy olgan.

Quyida ushbu turnir taqvimi bilan tanishish mumkin:

“Qozog'iston prezidenti kubogi”
Talgar, Qozog'iston
4–8 sentyabr, 2017 yil

1-tur. 4 sentyabr

Qirg'iziston – Tojikiston

Rossiya – O'zbekiston

Albaniya – Gruziya

Qozog'iston – Turkmaniston

2-tur. 5 sentyabr


Rossiya – Qirg'iziston

O'zbekiston – Tojikiston

Gruziya – Turkmaniston

Qozog'iston – Albaniya

3-tur. 7 sentyabr

O'zbekiston – Qirg'iziston

Tojikiston – Rossiya

Turkmaniston – Albaniya

Qozog'iston – Gruziya

Pley-off o'yinlari va final. 8 sentyabr

7–8 o'rin uchun

5–6 o'rin uchun

3–4 o'rin uchun

Final

Avvalroq Dilshod Nuraliev shogirdlari 28 avgust – 3 sentyabr kunlari Polshada bo'lib o'tadigan xalqaro musobaqada qatnashishi haqida xabar berilgandi.  

Bo'lajak musobaqalar O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com