O'zbekiston U-16 terma jamoasi - Osiyo chempionatiga chiqdi!

Narzulla Saydullayev
22 sen 2019, 18:09
Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi bundan biroz avval Hindiston bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Terma jamoamiz guruhda 7 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Bundan biroz avval "H" guruhidagi Vetnam - Avstraliya uchrashuvi yakuniga etdi va mana shu o'yindan so'ng O'zbekiston Osiyo chempionatiga chiqishi aniq bo'ldi. 

Qolgan guruhlarda qaysi jamoalar ikkinchi o'rinni olishsa ham O'zbekiston o'smirlari to'rttalikdan tushib kyetmaydi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia