O'zbekiston U-16 terma jamoasi "CAFA U-16 championship-2019" musobaqasida ishtirok etadi

Tolibjon Qosimov
3 iyul 2019
Joriy yilning 26 iyul – 1 avgust kunlari Tojikistonda Markaziy Osiyo futbol associaciyasi tomonidan o'tkaziladigan "CAFA U-16 championship-2019" musobaqasi bo'lib o'tadi.

Mazkur musobaqada O'zbekiston, Tojikiston, Eron, Turkmaniston, Afg'oniston va Qirg'izistonning o'smirlar terma jamoalari ishtirok etishadi.

Ma'lumki, O'zbekiston U-16 terma jamoasi shu yilning 14-22 sentyabr kunlari Toshkentda tashkil etiladigan Osiyo chempionati 2020 saralash bahslarida qatnashadi. Shu tariqa Azamat Abduraimov shogirdlari uchun Tojikistondagi musobaqa bo'lajak saralash o'yinlari uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

E'tiboringizga "CAFA U-16 championship-2019" taqvimini havola qilamiz:

1-tur

26 iyul (juma)

O'zbekiston – Tojikiston

Qirg'iziston – Eron

Afg'oniston – Turkmaniston

2-tur

27 iyul (shanba)

Tojikiston – Turkmaniston

Afg'oniston – Qirg'iziston

O'zbekiston – Eron

3-tur

29 iyul (dushanba)

Turkmaniston – O'zbekiston

Eron – Afg'oniston

Tojikiston – Qirg'iziston

4-tur

30 iyul (seshanba)

Qirg'iziston – Turkmaniston

Eron – Tojikiston

Afg'oniston – O'zbekiston

5-tur

1 avgust (payshanba)

Turkmaniston – Eron

O'zbekiston – Qirg'iziston

Tojikiston – Afg'oniston


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz