

2000 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoa yig'in davomida ikkita nazorat bahsi o'tkazib, ikkalasida ham bir xil 6:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Dastlabki uchrashuv FMI-99ga qarshi o'tkazildi, keyingi o'yin esa Toshkent viloyat o'smirlar terma jamoasi bilan bo'lib o'tdi va bunda ham 6:0 hisobi qayd etildi. Jamoa bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaevning aytishicha, keyingi yig'in qachon bo'lishi ma'lum emas.



