O'zbekiston U-15 terma jamoasi turkiyzabon davlatlar musobaqasida qatnashadi

Sherzod Nurmatov
18 sen 2024
Joriy yilning may oyida turkiyzabon davlatlar futbol associaciyalari mutasaddilari ishtirokidagi uchrashuvda o'smirlari o'rtasida ilk bor U-16 turniri tashkil etilishi ma'lum qilingan edi.

29 sentyabr – 6 oktyabr kunlari Turkiya mezbonligi ostida ilk turnir o'tkaziladi. Unda Ozarbayjon, Qirg'iz Respublikasi, O'zbekiston, Turkmaniston, Turkiya va Gruziya (mehmon jamoa) ishtirok etadi. 

"A" guruhi

Turkiya

Turkmaniston

Ozarbayjon


"B" guruhi 

Qirg'iz Respublikasi

O'zbekiston

Gruziya


Musobaqada Sergey Chigodaev boshqaruvidagi O'zbekiston U-15 terma jamoasi ishtirok etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати