

"Bunyodkor" akademiyasi yashil maydonlarida kechgan ilk uchrashuvda "Neftchi" va "Qo'qon-1912" U-14 jamoalari o'zaro to'qnash keldi. Qiziqarli va yuqori tempda o'tgan bahsdan so'ng ikki jamoa murabbiylari fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Azamat Karimov ("Neftchi U-14" bosh murabbiyi) - Musobaqadagi ilk o'yinimizda bolalar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Buni natija ham aytib turibdi, 5:0 hisobida g'alaba qozondik. Tashkilotchilar tomonidan juda yaxshi turnir yo'lga qo'yilgan, deya olaman. Barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Tarkibimizda individual kuchli futbolchilar yig'ilgan. Klub rahbarlari ham yaxshi e'tibor qaratmoqda. Futbolchilarimizning kelajagi bor. Ularning ustida yanada ko'proq ishlaymiz.
Narimon Asanov ("Qo'qon-1912 U-14" bosh murabbiyi) - Bunday musobaqaning tashkil qilingani bolalarimiz uchun juda yaxshi bo'ldi. Ularning o'sishiga xizmat qiladi. Futbolchilar o'yin amaliyotiga ega bo'lishadi. Mag'lubiyatga uchrasa ham muhimi o'zlariga kerakli xulosani chiqarishadi, deb o'ylayman. Yirik hisobli mag'lubiyat shogirdlarimning ruhiyatiga ta’sir qilmaydi. Futbolda kimdir yutadi yoki aksincha yutqazadi.




