

O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari Rustam Ashurmatov va Abdurauf Bo'riev yig'inda ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga yetib kelishdi. Bir necha kundan so'ng tarkib to'liq shakllanadi.

Eslatib o'tamiz, Srechko Katanets shogirdlari Osiyo kubogi guruh bosqichida Avstraliya, Suriya va Hindistonga qarshi bahs olib boradi.



