

Jamoalar ayni kunlarda tarkiblarini kuchaytirishning so'nggi bosqichlarini olib bormoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, "Paxtakor" va O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboev mavsumni "Andijon"da boshlaydi.
Ma'lumot uchun, futbolchi uchun vodiyning yana bir jamoasi "Navbahor" ham kurashdi. Lekin yakunda u "burgutlar" tanlovida to'xtaldi.
Klub tez orada Turg'unboevni tanishtirishi kutilmoqda.



