

2-turda esa terma jamoamiz dam oladi. Shu bois FIFA kunidan unumli foydalanish maqsadida O'FA xalqaro bo'limi va O'FA terma jamoalar markazi Iroq bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida kelishuvga erishdi.
Mazkur bahs 9 sentyabr kuni Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo'lib o'tadi.
Ma'lumot uchun, Iroq terma jamoasi JCH-2022 saralashi "C" guruhida ishtirok etadi. Jamoa ushbu guruhda Eron, Bahrayn, Kambodja va Gonkong bilan kurash olib boradi. Iroq 5 sentyabr kuni Bahrayn mehmoni bo'ladi va 2-turda xuddi biz kabi dam oladi.




