

Bu O'zbekiston milliy terma jamoasining argentinalik murabbiy qo'lostidagi ilk o'rtoqlik o'yini bo'ladi.
Mazkur uchrashuv oldidan 5 sentyabr kuni "Milliy" stadionning matbuot anjumanlari zalida har ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Anjuman soat 11:00da boshlanadi. Matbuot anjumanidan keyin ommaviy axborot vositalari xodimlariga o'rtoqlik o'yinlari uchun akkreditatsiyalar taqdim qilinadi.
Eslatib o'tamiz, muxlislar O'zbekiston - Suriya uchrashuvi chiptalarini "Milliy" stadion kassalaridan xarid qilishlari mumkin. Chiptalar savdosi davom etmoqda.



