O'zbekiston Superkubogi to'purarlari: Cheran yetakchi, Koshelev va Akopyanc ham ro'yxatda bor

Iskandarov Abdulaziz
15 mar 2026
O'zbekiston Superkubogi tarixi davomida hal qiluvchi o'yinlarda ko'plab futbolchilar o'z nomini gollar orqali turnir sahifasiga yozib qoldirgan.

Bu ro'yxatda eng yaxshi ko'rsatkich hozircha serbiyalik  Dragan Cheranga tegishli. "Paxtakor" va "Nasaf" safida to'p tepgan tajribali to'ptepar Superkubok o'yinlarida 3 ta gol urgan va shu orqali turnirning eng sermahsul futbolchisi bo'lib turibdi.

Ikkinchi pog'onada esa ikki nafar futbolchi - Leonid Koshelev, Andrey Akopyanc va Temurxo'ja Abduxoliqov joylashgan. Ular Superkubok bahslarida 2 tadan gol muallifi bo'lgan.

Superkubok tarixida quyidagi futbolchilar ham bir martalik gollari bilan yodda qolgan:

Shuhrat Rahmonqulov

Saydullo Tursunov

Oleksandr Pishur

Vohid Shodiev

Vyacheslav Shevchenko

Lutfulla To'raev

Ruslan Koryan

Marat Bikmaev

Artur Gevorkyan

Yovan Jokich

Zafar Polvonov

Pshemislav Banashak

Marko Stanoevich

Oybek Bozorov

Husayn Norchaev

Shu tariqa, Superkubok finallari ko'p hollarda kam golli o'tganiga qaramay, turli yillarda turli futbolchilar hal qiluvchi zarbalar muallifi bo'lib, turnir tarixida o'z nomini qoldirgan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia