O'zbekiston – Rossiya uchrashuvini qozog'istonlik hakamlar boshqarishadi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2022
20 noyabr sanasida bo'lib o'tadigan O'zbekiston va Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda ishlaydigan hakamlar nomi ma'lum bo'ldi.

Uchrashuvda bosh hakam vazifasi qozog'istonlik Saxi Daniyarga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda hamyurtlari Samat Tergeusizov va Ilashbek Orunbaev yordam beradi.

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv 20 noyabr kuni soat 17:00 da "Paxtakor" stadionida start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати