O'zbekiston OTJning raqiblaridan biri Toshkentga kelmaydigan bo'ldi

Narzulla Saydullayev
6 mar 2019
Pokiston olimpiya terma jamoasi (U-23) Osiyo Chempionati-2020 saralashida qatnashishdan bosh tortdi.

Ushbu saralash o'yinlari 22-26 mart kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.

Shu tariqa F saralash guruhida 3ta jamoa qoldi. Bular O'zbekiston, Tojikiston va Hindiston. Bu guruhdagi uchala o'yin ham Paxtakor stadionida o'tkaziladi.

11ta saralash guruhi g'oliblari va 4ta guruhda eng yaxshi natijaga ega ikkinchi o'rin sohiblari 2020 yil Tailandda o'tadigan Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi. Qita chempionati 8-26 yanvar kunlari bo'lib o'tadi.

Agarda Osiyo chempionati mezboni Tailand olimpiya terma jamoasi saralash bosqichi muvaffaqiyatli ishtirok etsa, u holda yana bir ikkinchi o'rinni olgan jamoa final bosqchiga chiqadi.

Osiyo chempionati-2020da sovrindor bo'ladigan 3ta jamoa esa Tokioda o'tadigan Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia