JCH-2026 saralashi. 5 ta o'yinning barchasida mag'lub bo'lgan Pokiston terma jamoasi Tojikistonga ming mashaqqat bilan yetib kelmoqda

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2024
Bugun Osiyo qitasida JCH-2026 saralashi doirasidagi bir qator o'yinlar bo'lib o'tadi.

Dushanbe shahrida Tojikiston terma jamoasi Pokistonni qabul qiladi. Ikkala jamoada ham keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat qolmagan. Guruhdan Saudiya Arabistoni (13 ochko) va Iordaniya (10 ochko) keyingi bosqichga chiqib bo'lishgan. Tojikiston hisobida 5, Pokiston hisobida 0 ochko bor. Yani bugungi bahsda qanday natija qayd etilsa ham Pokiston oxirgi o'rindan yuqoriga ko'tarila olmaydi.

Pokiston mana shu o'yinni o'tkazish uchun Dushanbega xususiy aviakompaniyaga tegishli samolyotda uchib kelmoqchi bo'lgan. Ammo samolyot qushlar bilan to'qnashgani sababli reys kechiktirilgan. Terma jamoaning 9 nafar a'zosigina boshqa reys bilan Dushanbega yetib borgan. Pokiston bosh vazirining say-harakatlari bilangina bugun tongda (taxminan 2 soatcha avval) o'z bag'riga qolgan futbolchi va delegaciya a'zolarini olgan charter reys Dushanbega uchib ketdi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia