FIFA Pokistonni futboldan chetlatdi

Xayrulla Xoliqov
11 okt 2017
Xalqaro futbol tashkiloti FIFA Pokiston futbol federatsiyasini chetlatish haqida qaror chiqardi.

Bunga sabab sifatida Pokiston hukumatining futbolga aralashuvi ko'rsatilmoqda. Ma'lumki, FIFA qonunlariga binoan davlatning futbolga aralashmasligi, futbol mustaqil soha sifatida faoliyat yuritishi kerak. Ammo Pokiston hukumati qoidani buzgan va mamlakatda bu hol birinchi marta bo'lmayapti. 

FIFA Pokiston FFni chetlatish haqida kecha qaror qabul qilib, bugun rasman e'lon qildi. Endi to qaror o'z kuchini yo'qotmaguncha Pokiston futbolga aloqador hech qanday tadbir yoki musobaqalarda ishtirok etmaydi.



Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: fifa.com