O'zbekiston OTJ Osiyo chempionatiga kyetish oldidan Toshkentda so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2015
Bugun 1 yanvar kuni O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarda bo'lib o'tadigan U23 Osiyo chempionatiga kyetish oldidan Toshkentda mashg'ulot o'tkazdi.

Bugun jamoa a'zolari "City Palace" mehmonxonasida yig'ilishdi. Soat 12:30da "Jar" stadionida mashg'ulot bo'lib o'tdi. Unda Osiyo chempionatiga boradigan barcha futbolchilar ishtirok etishdi.

23 nafar futbolchidan iborat O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 2016 yilning 2 yanvar kuni navbatdagi yig'inda ishtirok etish uchun Dubayga jo'nab ketadi. Dubay yig'ini tugagach, delegaciya yanvarda Qatarga yo'l oladi.

O'zbekiston terma jamoasi 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirokidagi Osiyo chempionatida “S” guruhidan Iroq, Janubiy Koreya va Yaman terma jamoalari bilan joy egallagan. 12 yanvarda start oladigan Osiyo chempionatini o'zbekistonlik olimpiyachilar 13 yanvarda Janubiy Koreyaga qarshi o'yin bilan boshlaydilar. So'ngra 16 yanvarda Iroq bilan, 19 yanvarda esa Yaman bilan o'ynaydilar.

Ushbu Osiyo chempionati Braziliyada bo'lib o'tadigan yozgi olimpiada o'yinlariga yo'llanma beruvchi turnir hisoblanib, unda Osiyoning 3 ta jamoasi, ikki finalchi va 3-o'rin uchun uchrashuv g'olibi mavjud 3 ta yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Quyida O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionatiga boradigan 23 futbolchidan iborat tarkibini keltirib o'tamiz.


#        
Ism-familiyasiTug'ilgan sanasi       
AmpluasiKlubi
1Abdumavlon Abduljalilov          
22.12.94Darvozabon“Neftchi”
Javohir Ilyosov06.02.94Darvozabon“Mashal”
Asilbek Omonov 01.09.93Darvozabon“Qo'qon-1912”
Sardor Rahmonov09.07.94Himoyachi“Neftchi”
 Abdulloh Olimov11.02.93Himoyachi“Paxtakor”
Maksimilyan Fomin21.09.93Himoyachi“Buxoro”
Javlon Mirabdullaev19.03.94Himoyachi“Metallurg”
Muxsinjon Ubaydullaev15.07.94Himoyachi“Paxtakor”
Akromjon Komilov14.03.96Himoyachi“Bunyodkor”
10 Doston Tursunov13.06.95Himoyachi“Neftchi”
11 Jamshid Boltaboev03.10.96Himoyachi“Paxtakor”
12 Vladimir Kozak12.06.93Himoyachi“Paxtakor”
13 Javohir Sohibov01.03.95Yarim himoyachi        
“Paxtakor”
14 Otabek Shukurov22.06.96Yarim himoyachi“Bunyodkor”
15 Doston Hamdamov24.07.96Yarim himoyachi“Bunyodkor”
16 Jaloliddin Masharipov01.09.93Yarim himoyachi“Paxtakor”
17 Timur Hakimov23.08.94Yarim himoyachi“Oq-tepa”
18 Jamshid Iskanderov16.10.93Yarim himoyachi“Paxtakor”
19 Ikromjon Alibaev09.01.94Yarim himoyachi“Lokomotiv”
20 Husniddin Gafurov29.07.94Yarim himoyachi“Yavor”(Serbiya)  
21 Igor Sergeev30.04.93Hujumchi“Paxtakor”
22 Eldor Shomurodov29.06.95Hujumchi“Bunyodkor”
23 Jasurbek Hakimov24.05.94Hujumchi“So'g'diyona”


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia