O'zbekiston OTJ Dubaydagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
6 noya 2018, 16:45
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi keyingi hafta BAAda yig'in o'tkazadi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ushbu yig'in doirasida BAAda tashkil etiladigan xalqaro turnirda ishtirok etadi. Ravshan Haydarov jamoasi 12 noyabr kuni Dubay shahriga jo'nab ketadi.

Ushbu turnirda BAA, Yaponiya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni hamda O'zbekiston olimpiya terma jamoalari ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston OTJ 2019 yil 18-26 mart kunlari Toshkentda U-23 Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia