O'zbekiston OTJ Dubayda Xitoy va Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2015
Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Dubay shahriga yetib bordi.

Terma jamoamiz delegaciyasi "Time" mehmonxonasiga borib joylashdi. Dubaydagi yig'in doirasida jamoamiz 4 yanvar kuni Xitoy va 6 yanvar kuni Iordaniya olimpyachilariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirokidagi Osiyo chempionatida “S” guruhidan Iroq, Janubiy Koreya va Yaman terma jamoalari bilan joy egallagan. 12 yanvarda start oladigan Osiyo chempionatini o'zbekistonlik olimpiyachilar 13 yanvarda Janubiy Koreyaga qarshi o'yin bilan boshlaydilar. So'ngra 16 yanvarda Iroq bilan, 19 yanvarda esa Yaman bilan o'ynaydilar.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia