O'zbekiston MTJning sobiq a'zosi Eron klubiga o'tishga yaqin

Khoja
5 iyul 2025, 08:25
Eronda o'zbekistonlik futbolchilarning soni oshishi mumkin.

"Xorazm" himoyachisi Doston Tursunov Eronning "Fulad" klubiga o'tishga yaqin. 

Avvalroq, Rustam Ashurmatov Eronning "Istiqlol" klubi bilan shartnoma tuzgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o'tamiz, "Fulad" safida O'tkir Yusupov harakat qiladi.

30 yoshli himoyachi Superliganing birinchi davrasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia