O'zbekiston MTJ yarim yildan beri yutqazmayapti. Katanets termadagi o'yinlar borasida Kuperga yaqinlashdi va bir natija bo'yicha rekord qo'ydi

Eldor Akmurzayev
29 mar 2023, 09:40
O'zbekiston terma jamoasi oxirgi mag'lubiyatini o'tgan yil 27 sentyabr kuni Kosta-Rikaga qarshi o'rtoqlik o'yinida qabul qilib olgandi – 1:2.

Shundan keyin, Srechko Katanets shogirdlari 4 ta bahsda qatnashdi:

O'zbekiston – Qozog'iston 2:0

O'zbekiston – Rossiya 0:0

O'zbekiston – Boliviya 1:0

O'zbekiston – Venesuela 1:1

Katanets esa terma jamoa boshqaruvida o'tkazgan o'yinlarini 16 taga etkazib oldi va bu borada Ektor Kuperga (17 ta) yaqinlashdi. Ulardan oldinda esa quyidagi mutaxassislar bor:

1. Mirjalol Qosimov – 54;

2. Vadim Abramov – 44;

3. Rauf Inileev – 29;

4. Ravshan Haydarov – 25;

5. Samvel Babayan – 24;

6. Vladimir Salkov – 19.

Alisher Nikimbaevning xabar berishicha, 59 yoshli mutaxassis O'zbekiston MTJ 10+ g'alabaga erishgan ilk xorijlik murabbiyga aylandi. Bundan oldin “oq bo'rilar” bilan 10 va undan ortiq g'alabaga quyidagi mahalliy mutaxassislar erishgandi:

1. Mirjalol Qosimov – 22 ta;

2. Vadim Abramov – 20;

3. Samvel Babayan – 16;

4-5. Ravshan Haydarov – 13;

4-5. Rauf Inileev – 13;

6. Rustam Akramov – 10.

Sloveniyalik murabbiy 2021 yil avgustida O'zbekiston MTJ ustoziga aylandi va jamoa uning boshqaruvida 16 bahsning 10 tasida zafar quchdi, 2 marta durang o'ynadi va 4 marta yutqazdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia