O'zbekiston MTJ Osiyo kubogidan oldin yana bitta nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Raqib ma'lum

Narzulla Saydullayev
29 dek 2023
12 yanvar kuni Qatarda Osiyo kubogi musobaqasi start oladi.

Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi musobaqani 13 yanvar kuni Suriyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Alisher Nikimbaevning xabariga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi boshlanishidan oldin Doxada bitta nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Terma jamoa 7 yanvar kuni Falastinga qarshi maydonga tushadi. 

Eslatib o'tamiz, kuni kecha O'zbekiston Dubaydagi yig'in doirasida Qirg'iz Respublikasiga qarshi yopiq nazorat uchrashuvi o'tkazdi va 4:1 hisobida g'alaba qozondi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia