O'zbekiston MTJ Osiyo Kubogida qanday formadan foydalanadi? 24 jamoaning OK-2023dagi liboslari

Tolibjon Qosimov
4 yanv 2024, 17:47
Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi-2023 starti 8 kun vaqt qoldi.

Bir necha kundan beri saytimizda asosiy urg'uni aynan qita birinchiligi atrofidagi voqeliklarni yoritishga qaratganmiz. Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasining OK-2023 uchun yakuniy qaydnomasini OFK e'lon qildi. Ha, O'FA birinchi bo'lib berishi kerak bo'lgan narsa OFKda chiqdi. Qizig'i, O'FA hali ham o'z nomidan yakuniy "zayavka"ni e'lon qilmadi.

Osiyo kubogi: O'zbekiston MTJda kim qaysi raqamda o'ynaydi? Shomurodovning raqami kimga nasib qildi?

Qaydnomaga birinchi o'yinimiz startiga 6 soat vaqt qolgunga qadar o'zgartirish kiritish mumkin. Balki, O'FA (rahbariyatmi yoki murabbiylarmi, bilmadim) o'sha paytni kutayotgandir. Bu menga qorong'u. Lekin, O'FA o'zi berishi kerak bo'lgan qator jabhalarda hamon sokinlikni afzal bilayotgani hayron qoldirmoqda. O'tgan yil davomida O'FA tashkilot sifatida zo'r davrni o'tkazdi, ish sifati o'sdi, munosib ravishda eng yaxshi Assotsiatsiya sovrinlarini qo'lga kiritdi. Lekin, Osiyo Kubogi oldidan nega bunday jimlik?

O'FA sukut saqlab kelayotgan yana bir jabha bu - terma jamoamiz Osiyo kubogida kiyadigan liboslari. Yigitlarimiz qanday formalardan foydalanishlarini O'FA rasman hamon e'lon qilgani yo'q. Vaholanki, buning uchun alohida kichik tadbir o'tkazib taqdimot qilish ham mumkin edi. Musobaqaga qisqa vaqt qolgan va taqdimot o'tkazishga vaqt bo'lmagan deb hisoblagan taqdirimizda ham nega O'FA ijtimoiy tarmoqlarida formalarimiz rasmli yoki poster tarzida e'lon qilinmadi? Bu borada ham O'FAni ortda qoldirib ketishdi. OFK Osiyo Kubogi-2023da qatnashadigan barcha 24 terma jamoaning uy va safar liboslari suratlarini chop etdi.

Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari "Jako"ning mana shunday dizayndagi liboslaridan foydalanishar ekan.


Umuman olganda qita birinchiligida terma jamoalar eng ko'p "Nayk" (Nike), "Jako" (Jako) va "Adidas" (Adidas) formalaridan foydalanishadi. 6ta jamoa "Nayk", 4ta jamoa "Jako" va 3ta terma "Adidas"dan foydalanadi.

Osiyo Kubogida 24 terma jamoa foydalanadigan liboslar:

"A" guruhi

Xitoyning uy va safar liboslari.


Livanning uy va safar liboslari.


Qatar ham ananaviy ranglariga sodiq qolgan.



Tojikiston.


"B" guruhi

Avstraliya.


Hindiston.


Suriya.


O'zbekiston.


"C" guruhi

Gonkong.


Eron.


Falastin.


BAA.


"D" guruhi

Indoneziya.


Iroq.


Yaponiya.


Vetnam.


"E" guruhi

Bahrayn.


Iordaniya.


Koreya Respublikasi.


Malayziya.


"F" guruhi

Qirg'iz Respublikasi.


O'mon.


Saudiya Arabistoni.


Tailand.



Sizga qaysi terma jamoaning libosi ko'proq yoqdi?

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-afc.com