O'zbekiston MTJ: Ashurmatov o'rniga boshqa futbolchi chaqirildi

Narzulla Saydullayev
11 okt 2024
O'zbekiston milliy terma jamoasi safida o'zgarish.

Terma jamoamiz hamda "Rubin" klubi himoyachisi Rustamjon Ashurmatov ikkita o'yinda sariq kartochka olishi natijasida O'zbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi uchrashuvida ishtirok eta olmaydigan bo'ldi. Murrabiylar shtabi tomonidan uning o'rniga "Paxtakor" klubi futbolchisi Diyor Xolmatov terma jamoaga jalb etildi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати