O'zbekiston kubogi. Lokomotiv - Nasaf uchrashuvi 15, Bunyodkor - Paxtakor o'yini 16 sentyabrda bo'ladi
Narzulla Saydullayev
20 avg 2015, 14:04
2015 yilgi O'zbekiston kubogi yarim final javob bahslari 15 va 16 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
15 sentyabr kuni Lokomotiv - Nasaf uchrashuvi (dastlabki o'yin – 0:2) bo'lib o'tadi. 16 sentyabrda esa Bunyodkor - Paxtakor bahsi (dastlabki o'yin - 3:2) o'tkaziladi.