O'zbekiston Kubogi. "Lokomotiv" 6 ochko to'plagan bo'lsada guruhda qolib ketdi, "Qo'qon-1912" va "Qizilqum" keyingi bosqichda

Aslanov Jasurbek
21 may 2025, 19:48
O'zbekiston Kubogining "F" va "G" guruhlarida 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"F" guruhining yetakchilari hisoblangan "Qo'qon-1912" va "Qizilqum" o'zaro to'qnash kelishdi. So'nggi daqiqalarda urilgan gol Farg'ona klubini keyingi bosqichga olib chiqdi, navoiyliklar mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, avvalgi ikki bahsdagi g'alabalar evaziga 6 ochko bilan ikkinchi o'rinni band qilishdi.

"Zamin" va "Andijon FA" guruhda qolib ketishdi.



"G" guruhida 3-tur o'yinlaridan so'ng qiziq vaziyat yuzaga keldi. "Lokomotiv" mehmonda "Bunyodkor"ni taslim qildi, "Buxoro" esa "Namangan FA" darvozasiga javobsiz 5ta gol urdi. Shunday qilib, 3 ta jamoada ("Buxoro", "Lokomotiv" va "Bunyodkor") 6 ochko bo'lib qoldi. O'zaro o'yinlardagi natijaga ko'ra "Buxoro" va "Bunyodkor" keyingi bosqichga yo'l olishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia