O'zbekiston futzal MTJ dunyoning birinchi raqamli jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
9 may 2024
Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi 6, 8 sentyabr kunlari FIFA reytingi yetakchisi – Braziliya terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

O'zbekiston – Braziliya

6, 8-sentyabr



Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino O'zbekistonda o'tadigan Jahon chempionatida yuqori sifatli o'yinlar bo'lishini kutayotganini ma'lum qilgan edi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston mezbonligidagi mundial 14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar davom etadi. FIFA Jahon chempionati-2024 musobaqasining rasmiy qur'a tashlash marosimi shu yilning 26 may kuni Samarqand shahrining afsonaviy Registon maydonida bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати