

Ermatov futbol akademiyasida yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi va bu yerda tahsil olayotgan yosh futbolchilar bilan suhbatlashdi. Ravshan Ermatov yoshlarga kelajakda Eldor Shomurodovdek jahon taniydigan futbolchi bo'lishlarini va buning uchun tinimsiz mehnat qilish kerakligi haqida aytib o'tdi. Tashrif so'nggida futbol akademiyasida tahsil olayotgan yosh futbolchi va murabbiylar bilan esdalik uchun rasmga tushishdi.






