

Ushbu ananani davom ettirgan holda O'zbekiston futbol associaciyasi Milliy olimpiya qo'mitasi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Chig'atoy” sport bazasining maydonlarida 2008-2009 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida festival tashkil qilmoqda.
Bugun ushbu futbol festivaliga start berildi. Musobaqada “Chig'atoy”, “Sergeli”, “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Odil Junior” hamda “Qorasaroy” jamoalari o'zaro kurash olib boradilar. Futbol festivalining asosiy maqsadi bolalar futbolini rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish, musobaqa ishtirokchilari o'rtasida o'zaro do'stona aloqalarni kuchaytirishdan iborat.
9 iyun kuni musobaqaning dastlabki bosqich o'yinlari o'tkazilsa, 10 iyun kungi o'yinlardan so'ng g'oliblar nomi ma'lum bo'ladi.




