O'zbekiston Chempionati va Kubogi bahslari uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi

Narzulla Saydullayev
9 fev 2015
O'zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati 2015 yilgi O'zbekiston chempionati va Kubogi o'yinlari uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o'tkazish jarayonini boshlanganini e'lon qiladi.
2015 yilgi O'zbekiston Chempionati bahslari 14 mart kuni start oladi. Mavsum esa 8 mart kuni O'zbekiston Superkubogi uchun bahs bilan ochib beriladi. 2015 yilgi mavsumning to'liq taqvimi bilan bu erda tanishish mumkin.

O'zbekiston Chempionati va Kubogi bahslarini stadiondan turib yoritishni maqsad qilgan OAV xodimlari 2015 yilning 10-25 fevral sanalari oralig'ida akkreditatsiya zayavkasini O'zPFL matbuot xizmati elektron pochtasiga (media@the-uff.com) jo'natishlari kerak. Akkreditatsiya zayavkasi namunasi va talablari bilan O'zPFL rasmiy saytining Hujjatlar bo'limidagi Akkreditatsiyadan o'tkazish tartibi faylini ko'chirib olish orqali tanishish mumkin.

Ma'lumot o'rnida, 2013 yildan O'zPFL Matbuot xizmati tomonidan Akkreditatsiyadan o'tkazish tartibi ishlab chiqilgan bo'lib, unda jurnalistlarga akkreditatsiya berishda ular ishlaydigan OAVning muhimlik darajalari belgilab chiqilgan. Jumladan, O'zbekiston qonunchiligiga asosan ro'yxatdan o'tgan va kundalik tashrif buyuruvchilari soni 5000dan ortiq bo'lgan sportga ixtisoslashgan internet-nashrlarining muhimlik darajasi nisbatan yuqori hisoblanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz