O'zbekiston ayollar terma jamoasi Turkiyaga jo'nab ketdi

Aziz Tukhtamuradov
12 fev 2022
16 fevral kuni Turkiyaning Alanya shahrida ayollar futboli bo'yicha xalqaro “Turkish Womenʼs Cup 2022” turniri boshlanadi.

Musobaqada Ukraina, O'zbekiston, Venesuela, Bolgariya, Litva va Latviya terma jamoalari ishtirok etishadi.

O'FA matbuot xizmati xabariga ko'ra, musobaqada qatnashadigan qizlarimiz Turkiyaga yo'l olishdi. 

"A" guruhida O'zbekiston terma jamoasi quyidagi o'yinlarda ishtirok etadi:

16 fevral: O'zbekiston - Litva

19 fevral: Ukraina - O'zbekiston

22 fevral:  O'zbekiston - Venesuela


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia