O'zbekiston ayollar terma jamoasi Hindiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Iskandarov Abdulaziz
23 may 2024
Oradagi kichik tanaffusdan so'ng O'zbekiston ayollar terma jamoasi yana yig'inga kirishadi.

Terma jamoamiz 31 may va 4 iyun kunlari Hindiston bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqadi. O'yinlar Toshkent viloyatida joylashgan "Do'stlik" terma jamoalar markazidagi stadionda bo'lib o'tadi. 

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi

O'zbekiston - Hindiston 

31 may, 4 iyun 

"Do'stlik" stadioni



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia