O'zbekiston ayollar terma jamoasi Antalyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Alisher
1 fev 2021
O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Turkiyaning Antalya shahrida tashkil etiladigan “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turnirida qatnashadi.

15-24 fevral kunlari bo'lib o'tadigan mazkur musobaqada O'zbekiston vakillari Ekvator Gvineya, Nigeriya hamda Zambiya ayollar terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.

Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi ayollar milliy terma jamoamiz 8-14 fevral kunlari Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi va 15 yanvar kuni Antalya shahriga yo'l oladi.

Ma'lumot o'rnida, nigeriyaliklar ayollar futboli bo'yicha Jahon chempionatining muntazam ishtirokchisi hisoblanadi. Zambiya ayollar terma jamoasi esa 2021 yilgi Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritgan Afrika qitasining yagona jamoasidir.

“Festival Women’s Trophy 2021”
Antalya, Turkiya

17 fevral
O'zbekiston – Ekvator Gvineya

20 fevral
O'zbekiston – Nigeriya

23 fevral
O'zbekiston – Zambiya





Reklama








AlisherMuallif
Manba: ufa.uz