O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Amerika Qo'shma Shtatlariga yo'l olmoqda

Narzulla Saydullayev
6 apr 2022
O'FA tomonidan so'nggi paytlarda ayollar futbolini rivojlantirish, mavjud sharoit va kamchiliklarni o'rganib borish hamda ularni bartaraf etish, tizimni isloh qilishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Ayollar futboli qo'mitasi tashkil etilib, istedodli futbolchilar tarbiyalash, malakali murabbiy, shifokor va psixolog mutaxassislarni jalb etish, ularni barcha turdagi licenziyaga bepul o'qitish tizimi yo'lga qo'yildi. Osiyoda bu yo'nalishda yetakchi mamlakat bo'lmish Yaponiyadan mutaxassislar jalb etildi. Terma jamoalarga xorijiy yig'inlar va kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Xabaringiz bor, 9-12-aprel kunlari O'zbekiston ayollar terma jamoasi AQSHda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov safar oldidan jamoa bilan uchrashdi.

“Birinchi navbatda, Amerika safari oldidan Associaciyamiz prezidenti Abdusalom Azizov nomidan barchangizga omad va oq yo'l tilaymiz! Yaxshi ma'lumki, AQSH terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi va tarixda eng ko'p - 4 marta ushbu sovrinni qo'lga kiritgan. Bu o'rtoqlik o'yinlari bizning jamoa uchun katta tajriba vazifasini o'taydi. Chunki oldinda jiddiy musobaqalar bor va biz oldimizga yuqori maqsadlar qo'yganmiz. Shu sababli terma jamoa boshqaruviga Midori Honda kabi malakali mutaxassis taklif etildi. Kuchli jamoalar bilan uchrashuvlar esa jamoamiz saviyasi oshishiga xizmat qiladi”, dedi R.Ermatov.







Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz