O'zbekiston – Argentina uchrashuvini jonli ko'rishni istaysizmi?

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2021
2-3 fevral kunlari amaldagi Jahon chempioni hisoblangan Argentina futzal terma jamoasi Toshkentda O'zbekiston bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Bu o'yinlarga kirish chiptalari sotuvi davom etmoqda.

Endilikda ishqibozlar vaqtlarini ketkazmay, stadion kassalarida uzundan-uzun navbatlarda turmasdan, uydan chiqmagan holda ham elektron shaklda chiptalar harid qilish imkoniga ega.

Hozirda o'yin chiptalari iticket.uz veb-saytida, shuningdek, quyidagi savdo shaxobchalari va kassalarda sotilmoqda:

- Afrosiyob 4A, Grand Trade Biznes Markazi, 1-qavat (Soat 09:00dan - 19:00gacha);
- “Humo Arena” majmuasi (Soat 10:00dan - 20:00gacha);
- “Samarqand Darvoza” ko'ngilochar savdo majmuasi, 1-qavat (Soat 10:00dan - 22:00gacha);
- “Compass” ko'ngilochar savdo majmuasi, 1-qavat (Soat 10:00dan - 22:00gacha);
- Samarqand shahri, Universitet hiyoboni, 1/4, Malika Prime mehmonxonasi (Soat 09:00dan - 18:00gacha).
- “Paxtakor” stadioni kassasi (Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi yonida joylashgan kassa - soat 10:00dan - 20:00gacha).



Reklama




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати